openfashion

Ommaviy oferta

Xorijdan individual buyurtma asosida tovarlarni olib kirish va yetkazib berish xizmatlari shartlari.

1. Umumiy qoidalar

OMMAVIY OFERTA (PUBLIC OFERTA)

Xorijdan buyurtma asosida tovarlarni olib kirish va yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida

Ushbu ommaviy oferta O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq tuzilgan bo‘lib, sayt yoki mobil ilova orqali buyurtma rasmiylashtirilishi ushbu shartlarga to‘liq va so‘zsiz rozilik bildirganlikni anglatadi.

1.1 OPENSHOP mijozlar nomidan buyurtma berish va yetkazib berish xizmatlarini taqdim etadi. Ushbu xizmatlar faqat mijozlarga chet el online dokonlaridan buyurtma berish asosida amalga oshiriladi. OPENSHOP mahsulotni sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi sifatida emas, balki faqat buyurtmalarni tashish va yetkazib berish jarayonlarini tashkil etuvchi vositachi sifatida faoliyat yuritadi. OPENSHOP faqat buyurtmalarni olib kelish va O'zbekiston hududi ichida yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi platforma sifatida xizmat qiladi.

1.2. Buyurtma berish orqali, Buyurtmachi ushbu ofertaning barcha shartlari bilan tanishgan va ularni qabul qilgan hisoblanadi. OPENSHOP mijozlar nomidan buyurtma berish va servis orqali yetkazib berilgan mahsulotni mijozga yetkazish xizmatini faqat chet eldan buyurtma beruvchi onlayn servis hisobida ko‘rsatilgan pozitsiyaga asosan taqdim etadi.

2 Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va maxfiylik

2. Shaxsiy ma'lumotlar va maxfiylik

2.2 Saytga tashrif buyuruvchining IP manzili va boshqa texnik ma’lumotlari xavfsizlikni ta’minlash, statistik tahlil va xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida qayta ishlanadi. Ushbu ma’lumotlar foydalanuvchini shaxsan aniqlash uchun foydalanilmaydi va qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, uchinchi shaxslarga uzatilmaydi.

2.3 OPENSHOP Xaridorga chegirmalar, aksiyalar, yangi mahsulotlar va boshqa axborotlar to‘g‘risida elektron pochta, SMS yoki boshqa aloqa vositalari orqali reklama va axborot xabarlarini yuborish huquqiga ega. Bunday xabarlarni yuborish chastotasi OPENSHOP tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

2.4 OPENSHOP Xaridorning shaxsiy ma’lumotlari, elektron hujjatlari va yozishmalarining maxfiyligini amaldagi qonunchilikka muvofiq ta’minlaydi. Shaxsiy ma’lumotlar faqat Shartnoma majburiyatlarini bajarish, xizmat ko‘rsatish hamda qonuniy talablarni bajarish maqsadida qayta ishlanadi va qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, uchinchi shaxslarga berilmaydi. OPENSHOP Xaridorning alohida roziligisiz shaxsiy ma’lumotlardan reklama yoki ommaviy tarqatmalar uchun foydalanmaydi.

2.5 Xaridorning hisob qaydi o‘chirilgan taqdirda, u bilan bog‘liq ma’lumotlar va axborotlar servis tizimidan qayta tiklab bo‘lmaydigan tarzda o‘chiriladi. Hisob qaydi o‘chirilgandan so‘ng mazkur ma’lumotlarni tiklash imkoniyati mavjud emasligini Xaridor tan oladi va bunga rozilik bildiradi. Biroq Xaridor nomiga rasmiylashtirilgan va hali yakunlanmagan majburiyatlar yoki moliyaviy hisob-kitoblar mavjud bo‘lsa, ushbu ma’lumotlar tegishli majburiyatlar to‘liq bajarilgunga qadar saqlanishi mumkin.

3. Buyurtma berish tartibi

Buyurtma quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:

— mahsulotlar savatga qo‘shiladi

— mahsulot soni va xususiyatlari tekshiriladi

— shaxsiy ma’lumotlar kiritiladi

— to‘lov amalga oshiriladi

— buyurtma tasdiqlanadi

Kiritilgan ism-familiya pasportdagi ma’lumotlar bilan mos bo‘lishi shart. Buyurtmani tasdiqlash kodi ko‘rsatilgan telefon raqamiga yuboriladi.

18+ toifadagi mahsulotlar buyurtma qilinganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan tekshiruv o‘tkazilishi mumkin.

4. Mahsulot mavjudligi, narx va ma'lumotlar

Saytda joylashtirilgan mahsulotlar, ularning narxi, mavjudligi, tavsifi, fotosuratlari, texnik xususiyatlari hamda boshqa ma’lumotlar axborot xarakteriga ega bo‘lib, ular ommaviy oferta sifatida qaralmaydi.

Buyurtma berish jarayonida ko‘rsatilgan mahsulot mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot real vaqt rejimida yangilanmasligi mumkin hamda uchinchi shaxs sotuvchilari, ishlab chiqaruvchilar yoki logistika hamkorlarining ma’lumotlariga asoslanadi.

Quyidagi holatlar aniqlangan taqdirda Yetkazib beruvchi OPENSHOP buyurtmani bir tomonlama tartibda, oldindan ogohlantirmasdan bekor qilish huquqiga ega:

— mahsulotning omborda yoki sotuvchida mavjud emasligi;

— mahsulot narxining texnik yoki insoniy xatolik sababli noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi;

— mahsulot tavsifi, xususiyatlari yoki fotosuratlarining noto‘g‘ri joylashtirilganligi;

— uchinchi shaxs platformalaridan olingan ma’lumotlarning dolzarbligini yo‘qotganligi;

— texnik nosozliklar, dasturiy xatoliklar yoki tizimdagi uzilishlar;

— logistika yoki bojxona cheklovlari tufayli buyurtmani bajarishning imkonsizligi;

— firibgarlik yoki xavfsizlik bilan bog‘liq shubhalar mavjudligi.

Buyurtmaning rasmiylashtirilganligi yoki to‘lov amalga oshirilganligi mahsulotning mavjudligi yoki buyurtmaning majburiy ravishda bajarilishini kafolatlamaydi.

Yuqoridagi sabablarga ko‘ra buyurtma bekor qilingan taqdirda, Buyurtmachi tomonidan to‘langan pul mablag‘lari amaldagi qaytarish tartibiga muvofiq qaytariladi va Yetkazib beruvchi OPENSHOP qo‘shimcha kompensatsiya, penya, jarima yoki zararlarni qoplash majburiyatini olmaydi.

OPENSHOP mahsulot mavjud emasligi, narx xatolari yoki ma’lumotlardagi noaniqliklar natijasida yuzaga kelgan har qanday bilvosita zararlar, yo‘qotilgan foyda, kutilgan manfaatlarning yo‘qolishi yoki uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanmaydi.

Saytda joylashtirilgan fotosuratlar va tavsiflar mahsulotning haqiqiy ko‘rinishi, komplektatsiyasi yoki parametrlari bilan to‘liq mos kelmasligi mumkin hamda ular faqat ma’lumot berish maqsadida joylashtiriladi.

Buyurtma faqat OPENSHOP tomonidan tasdiqlangandan so‘ng va buyurtmani bajarish imkoniyati mavjudligi aniqlangach yakuniy hisoblanadi.

5. Buyurtmaga o'zgartirish kiritish

Tasdiqlangan va to‘langan buyurtmaga mahsulot qo‘shish yoki olib tashlash texnik jihatdan mumkin emas.

Qo‘shimcha mahsulotlar alohida buyurtma sifatida rasmiylashtiriladi.

Buyurtmani bekor qilish zarur bo‘lsa, 12 soat ichida to‘liq bekor qilinib qayta rasmiylashtiriladi. ( ariza faqatgina Telegram @openshop_chatbot orqali amalga oshiriladi)

6. To'lov va komissiya

To‘lov va komissiya

To‘lov Uzcard va Humo bank kartalari orqali onlayn shaklda amalga oshiriladi. To‘lov to‘liq va muvaffaqiyatli bajarilgan paytdan boshlab buyurtma rasmiy ravishda tasdiqlangan deb hisoblanadi.

“Global xarid” bo‘limida joylashtirilgan barcha mahsulotlar bo‘yicha servis xizmatlari uchun 5% miqdoridagi komissiya undiriladi. Mazkur komissiya mahsulotning yakuniy qiymatiga oldindan kiritilgan bo‘lib, alohida to‘lov sifatida undirilmaydi

7. Buyurtmani saqlash muddati

Buyurtma omborga kelib tushgan kundan boshlab 90 kun davomida saqlanadi.

Agar buyurtma 90 kun ichida olib ketilmasa:

— saqlash uchun javobgarlik yetkazib beruvchi OPENSHOP zimmasidan olinadi

— mahsulot qayta sotuvga chiqarilishi mumkin

— mahsulot 60% chegirma bilan sotilishi mumkin

— chegirmadan song qolgan summa mablag‘lari xayriya maqsadlariga yo‘naltiriladi

Agar buyurtmani olib ketishga ulgurmayotgan bo’lsangiz, bizga mijozlarni qollab quvvatlash Telegram @openshop_chatbot orqali murojaat qiling.

8. Yetkazib berish va manzil

Buyurtmani yetkazib berish bilan bog‘liq barcha logistika xarajatlari (O‘zbekiston hududiga qadar amalga oshiriladigan cargo xizmati hamda O‘zbekiston ichidagi hamkorlarning olib ketish nuqtasigacha bo‘lgan ichki tashish xarajatlari) saytda ko‘rsatilgan mahsulot narxiga kiritilgan bo‘lib, qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.

Biroq buyurtmani Buyurtmachi tomonidan ko‘rsatilgan boshqa manzilga qayta yetkazib berish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, ichki yetkazib berish xizmatining amaldagi tariflariga muvofiq alohida to‘lov Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi

8.3 Manzilni o‘zgartirish uchun mijoz Telegram orqali @openshop_chatbot ga buyurtma raqami bilan murojaat qilishi lozim.

9. Bojxona va import qoidalari

Oʻzbekiston Respublikasining BojxonaHYPERLINK "https://lex.uz/ru/docs/-2876354" kodeksiga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq

9.1 Tovarlar jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

9.2. Oy davomida jismoniy shaxs nomiga olib kirilayotgan mahsulotlarning umumiy qiymati 200 AQSh dollaridan oshmasligi lozim. Mazkur cheklov buyurtmalar sonidan qat’i nazar, kalendar oyidagi barcha jo‘natmalarning jami qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi

9.3. Buyurtma qiymati belgilangan limitdan oshgan taqdirda, ortiqcha qism uchun 30% miqdoridagi bojxona boji hamda boshqa majburiy to‘lovlar Buyurtmachi tomonidan mustaqil ravishda to‘lanadi

9.4. Tovarlar tijorat maqsadida emas, shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.

9.5. Bojxona organlari qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazishi va hujjatlar talab qilishi mumkin.

9.6. Bojxona to‘lovlari, yig‘imlar yoki jarimalar Buyurtmachi zimmasiga yuklatiladi.

9.7. Qonunchilikdagi o‘zgarishlar avtomatik ravishda amal qiladi.

божхона толови

9.8. Agar jo‘natma bojxona nazoratida ushlab qolinadigan bo‘lsa, Buyurtmachi bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlar bilan bojxona terminaliga shaxsan murojaat qilishi shart

10. Nechta jo'natma rasmiylashtirilganini tekshirish

My.gov.uz portalida onlayn xizmat mavjud bo‘lib, unga JShShIR ni kiritgan holda nomingizga rasmiylashtirilgan xalqaro jo‘natmalarni bilib olishingiz mumkin. Tekshirish uchun:

havolaga o‘ting yoki “Bojxona” bo‘limidan “Jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali kelayotgan tovarlar haqida ma’lumot” xizmatini toping;

OneID orqali tizimga kiring;

tizim sizning nomingizga ro‘yxatga olingan barcha jo‘natmalarni avtomatik tarzda ko‘rsatadi.

Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

Shuningdek, xalqaro jo‘natmalarni E-Tijorat mobil ilovasi orqali ham kuzatish mumkin. Buning uchun ilovani o‘rnatib, shaxsiy ma’lumotlarni kiritishingiz kerak, shundan so‘ng tizim rasmiylashtirilgan jo‘natmalar ro‘yxatini ko‘rsatadi

11 Bojxona to‘lovlarini amalga oshirish tartibi

11. Bojxona to'lovlarini amalga oshirish tartibi

11.2 Onlayn buyurtmalar bo‘yicha bojxona to‘lovi to‘g‘risida Buyurtmachi kuryerlik yoki pochta xizmati tomonidan yuborilgan xabarnoma orqali xabardor qilinadi. Xabarnomada to‘lov summasi va to‘lash tartibi ko‘rsatiladi.

11.3 Bojxona to‘lovini quyidagi usullar orqali amalga oshirish mumkin:

— O‘zbekiston pochtasi bo‘limlarida (shaxsan yoki mobil ilova orqali);

— bank muassasalari yoki mobil banking xizmatlari orqali;

— yetkazib berish yoki pochta xizmatining rasmiy sayti yoki mobil ilovasi orqali (mavjud bo‘lsa).

11.4 Bojxona to‘lovlari to‘liq amalga oshirilmaguncha jo‘natma Buyurtmachiga topshirilmaydi.

12. Fors-major holatlari

Tabiiy ofatlar, transport uzilishlari, bojxona cheklovlari, davlat organlari qarorlari, epidemiyalar, harbiy harakatlar va yetkazib beruvchi OPENSHOP nazoratidan tashqaridagi boshqa holatlar fors-major hisoblanadi.

Bunday holatlarda:

— yetkazib berish muddati uzaytirilishi mumkin

— buyurtma bekor qilinishi mumkin

13. Buyurtma holatini kuzatish

Buyurtma holatini shaxsiy kabinetdagi “Mening buyurtmalarim” bo‘limida kuzatish mumkin.

Buyurtma quyidagi bosqichlardan o‘tadi:

— To‘lovni kutmoqda

— Yig‘ilmoqda

— Yetkazilmoqda

— Olib ketish mumkin

— Xaridorga topshirildi yoki qaytarildi

14. Qaytarish va almashtirish

Mahsulot bo’yicha maslahat

Siz mahsulot tavsifida mahsulotning xususiyatlari, shuningdek, uni qanday qilib to'g'ri ishlatish haqida o'qishingiz yoki sotuv bolimidan ma'lumotni aniqlab olishingiz mumkin.

15. Sifatiga e'tiroz bo'lmagan mahsulotni qaytarish

Qaytarish shartlari

15.1 . Mahsulot sifat darajasiga nisbatan e’tiroz bildirilmagan taqdirda, u qaytarib olinmaydi va almashtirilmaydi.

15.2 Tegishli sifatga ega, lekin qaytarilmaydigan tovarlar (O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining chakana savdo qoidalari”ga 1-ilovaning 27 va 28-bandlari.)

Uy sharoitida kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun tovarlar (jumladan sanitariya va gigiyena buyumlari, tibbiy asboblar, uskunalar va apparatura, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi vositalari, ko‘zoynak linzalari, bolalarni parvarish qilish buyumlari, dori-darmonlar).

Shaxsiy gigiyena buyumlari (tish cho‘tkasi, taroq, to‘g‘nag‘ich, soch bigudi, parik, shinyon va boshqa shunga o‘xshash tovarlar).

Parfumeriya-kosmetika tovarlari.

To‘qimachilik tovarlari (har qanday mato, shuningdek noto‘qima tovarlar); kabel mahsuloti (simlar, shnurlar, kabellar); qurilish va pardozlash materiallari (linoleum, plyonka, gilam qoplamalari va boshqalar) va metrlab sotiladigan boshqa tovarlar.

Tikuvchilik va trikotaj buyumlari (tikuvchilik va trikotaj choyshab buyumlari, paypoq va qo‘lqop buyumlari).

Polimer materiallardan tayyorlangan, jumladan bir martalik foydalanish uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan buyumlar va materiallar (oshxona va oshxona idish-tovoqlari, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashish uchun idishlar va qadoqlash materiallari).

Maishiy kimyo tovarlari, pestitsidlar va agroximikatlar.

Mebel (mebel garnituralari va to‘plamlari).

Qimmatbaho metallardan, qimmatbaho toshlar bilan, yarim qimmatbaho va sintetik toshlar qo‘shilgan qimmatbaho metallardan buyumlar, qirrali qimmatbaho toshlar.

Avtomobillar va motovelotovarlar, tirkamalar va ularning raqamli agregatlari; qishloq xo‘jaligi ishlarini kichik mexanizatsiyalashning mobil vositalari; sayr qilish kemalari va boshqa maishiy maqsadlardagi suzish vositalari.

16 Quyidagi toifadagi tovarlar jismoniy shaxslar tomonidan olib kirishda miqdoriy cheklovlarga ega:

• Kafolat muddati belgilangan texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlar (maishiy uskunalar, radioelektron qurilmalar, hisoblash texnikasi, aloqa vositalari, foto-video apparatura, elektr musiqa asboblari va shunga o‘xshash mahsulotlar);

• Biologik faol qo‘shimchalar — 10 flakon suyuq shakl, 0,5 kg gacha kukunli mahsulot, 100 dona tabletka yoki 4 ta PET idishdagi kapsulalardan oshmasligi kerak;

• Tamaki mahsulotlari — 200 donagacha sigareta, 5 dona sigara yoki 100 grammgacha tamaki;

• Parfyumeriya mahsulotlari — ko‘pi bilan 3 ta idish va umumiy hajmi 300 ml.dan oshmasligi lozim.

Belgilangan me’yorlardan ortiq miqdordagi tovarlar uchun amaldagi bojxona qonunchiligiga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi hamda tegishli to‘lovlar qo‘llaniladi.

16. Miqdoriy cheklovli tovarlar

16.2. Saytdan foydalanish ofertaga to‘liq rozilikni anglatadi.

16.3. Barcha nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.

17. Yetkazib berish kechikishi

— 45 kundan ortiq kechikish — keyingi buyurtma uchun bonus taqdim etilishi mumkin 10%

— 60 kundan ortiq kechikish — ariza asosida to‘lov qaytarilishi mumkin

18. Onlayn to'lovni qaytarish

Karta orqali amalga oshirilgan to‘lovlar 10 ish kuni ichida qaytariladi. Mablag‘ tushish muddati bankka bog‘liq.

19. Firibgarlikdan himoya

Shubhali buyurtmalar tekshiruvdan o‘tkazilishi, bloklanishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Firibgarlik aniqlansa, ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilishi mumkin.

Qanday qilib firibgarlar qurboniga aylanib qolmaslik kerak?

Shubhali Telegram kanalini yoki ijtimoiy tarmoqlarda reklamani ko‘rdingizmi? Har qanday interaktivda ishtirok etishdan oldin bizga Telegramda @openshop_chatbot orqali yozing, so'rovlarni kechayu kunduz qabul qilamiz.

OPENSHOP rasmiy ijtimoiy tarmoqlarini qanday topish mumkin?

Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Instagram;

Telegram;

Facebook.

20. Promokodlar

Promokodlar belgilangan muddat davomida amal qiladi va pul mablag‘iga almashtirilmaydi.

Qaytarilgan buyurtmalar bo‘yicha promokod qayta tiklanmaydi.

@ openshop_chatbot mijozlarni qo‘llab-quvvatlash botiga qanday yozish mumkin?

Telegramga kirib, @ openshop_chatbot ni toping;

«Start» tugmasini bosing va botni ishga tushiring;

Maslahat tilini tanlang;

So‘ralgan ma’lumotlarni yuboring;

Kerakli ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng, ish vaqti davomida — soat 9:00 dan 22:00 gacha — sizga mas’ul mutaxassis javob beradi.

21. Yakuniy qoidalar

© 2018 - 2026 "OPEN SHOP" MCHJ STIR 307095613.

Uzcard
Humo
Visa
Click
Payme
IpakYoli Bank